Yevropa investitsiya banki Orolni qutqarish uchun mablag‘ ajratdi

© Sputnik / Yuriy Kuydin / Mediabankka o‘tishOstov riboloveskogo sudna na barxanax Priaralya
Ostov riboloveskogo sudna na barxanax Priaralya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ajratilgan mablag‘ Orol dengizidagi suvning asosiy manbasi hisoblanmish Amudaryoning irrigatsion tizimlarini modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi.

TOShKENT, 27 sen - Sputnik.  Yevropa investitsiya banki O‘zbekistonga Orol bo‘yi hududidagi holatni sog‘lomlashtirishga qaratilgan loyihalar uchun 100 million yevro mablag‘ ajratishi ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi RIA Novosti.

YeIB va O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bu haqda tegishli memorandum imzoladi. Hujjat, qiymati 100 million yevrolik investitsion dasturlarning boshlanishini ko‘zda tutadi. Mazkur loyiha Orol dengizini qayta tiklash bo‘yicha xalqaro harakatlarni birlashtirishga imkoniyat yaratadi.

Na dne Aralskogo morya visadili pervie derevya dlya borbi s opustinivaniyem - Sputnik O‘zbekiston
Tiklanayotgan sahro: Orol dengizi hududi qanday o‘zgarmoqda

Ushbu mablag‘lar Amudaryoning irrigatsion tizimini modernizatsiyalashga hamda bu tumanda qishloq xo‘jaligi ekinlarini qayta tiklashga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida joylashgan Orol dengizi 1960-yilga qadar hududi bo‘yicha dunyoning eng yiriklari orasida to‘rtinchi bo‘lgan. So‘nggi 55-yilda orol hududi deyarli uch baravar qisqardi, suv sathi 29 metrga pasaydi va suv hajmi esa 15 karra kamaydi, uning tuzlanganlik darajasi oshib, baliqlar esa nobud bo‘ldi.        

Yangiliklar lentasi
0