Toshkentda 26-28 sentabr kunlari “Rossiyada ta’lim” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir doirasida barcha xohlovchilar Rossiyada ta’lim hamda turli Rossiya oliygohlariga kirish tartiblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Moskva davlat universiteti filiali xodimi Natalya Deynekaning so‘zlariga qaraganda, Toshkentdagi filialda amaliy matematika va informatika va psixologiya fakultetlarida 400 nafardan ziyod talaba tahsil oladi.
“Bizning bitiruvchilarimiz o‘qishlarini xorijda muammosiz davom ettirishmoqda. Qolaversa, nafaqat O‘zbekistonda yoki Rossiya, balki Yevropada, Koreya va AQShda ishga joylashishmoqda. Bir necha kishi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishga ulgurdi”, - deya qayd etdi Deyneka.
U fakultetlar sonini kengaytirish rejalashtirilmayotganini qo‘shimcha qildi, lekin O‘zbekiston milliy universiteti va Buxoro davlat universiteti bilan birgalikda magistratura dasturi ishga tushirilgan.
O‘zbekistonda Rossiyaning yangi oliygohi ochilishi kutilmoqda
Ushbu dastur bo‘yicha talabalar har bir oliygohda bir yildan tahsil oladi, so‘ngra esa tegishli ikkita diplomni oladi.