O‘tgan 2019-yil davrida Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi aniqlandi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishMoneti SShA i moneta nominalom odin rubl na banknote odin dollar SShA
Moneti SShA i moneta nominalom odin rubl na banknote odin dollar SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yilda bu ko‘rsatkich 1, 761 milliard AQSh dollariga teng edi. Shunday qilib, o‘tgan davr uchun o‘sish 12,3%ni tashkil etdi.

TOShKENT, 26 sen - Sputnik. 2019 yilning birinchi yarim yilligida Rossiyadan O‘zbekistonga jismoniy shaxslarning pul o‘tkazmalari hajmi 12,3%ga oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy bankka asoslanib, RIA Novosti xabar beradi. 

2019 yilning birinchi yarim yilligida Rossiyadan O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari hajmi 1, 977 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. 2018-yilda bu ko‘rsatkich 1, 761 mlrd. dollariga teng edi. Shunday qilib, o‘tgan bir yil davomidagi o‘sish 12,3%ni tashkil etdi.

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning transfert o‘tkazmalari ro‘yxatida Rossiya avvalgiday birinchi o‘rinda bo‘lib kelmoqda. MB hisob-kitoblariga qaraganda, O‘zbekistonga xorijdan amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari o‘tgan yarim yilda 13,5%ga – 2, 593 mlrd AQSh dollarni tashkil etdi. Xorijga  bo‘lgan o‘tkazmalar ko‘rsatkichi – 467 million AQSh dollariga (+16,4%) teng. O‘tkazmalar MDHdan - 2, 159 mlrd.ni (+12%), MDH mamlakatlariga esa 254,3 mln.dollarni (-5,9%) tashkil etdi.

 

Yangiliklar lentasi
0