Bir necha kun oldin O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan shartnomani bekor qildi. Argentinalik murabbiy O‘zbekiston jamoasi bilan JCh-2022 doirasida bitta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi.
Umumiy hisobda Kuper O‘zbekiston jamoasi bilan 2018-yilning avgustidan 2019-yilning sentabrigacha bir yildan ortiq vaqt o‘tkazdi. Ushbu davr ichida jamoa 17ta rasmiy o‘yin o‘ynab, ularning 7tasini g‘alaba va 6tasini mag‘lubiyat bilan yakunladi.