Bank xodimlari tadbirkorga ajratilgan kreditni o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Ipoteka-bank“ filiali sobiq bo‘lim boshlig‘i sheriklari bilan tadbirkorga ajratilgan 350 mln. so‘m kreditni o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi.

TOShKENT, 26 sent - Sputnik. “Ipoteka-bank” filiali xodimlari tadbirkorga ajratilgan katta miqdordagi kreditni o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, “Ipoteka-bank” Surxondaryo filialida “O-N” MChJ va bank o‘rtasida kredit shartnomasi tuzilgan.

Bildirilishicha, bank va jamiyat o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga asosan, jamiyatga baliqchilikni rivojlantirish maqsadida sun’iy suv xavza barpo etish va baliq chovoqlari hamda omuxta yem sotib olish uchun 3-yil muddatga yillik 16 foiz bilan 1 mlrd. so‘m kredit ajratilgan.

Jenshina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Umra safariga ketganlar ortidan yirik mablag‘ni o‘zlashtirgan firibgar ayol qo‘lga tushdi

Bank filialining Qishloq xo‘jaligi subyektlariga xizmat ko‘rsatish bo‘limi sobiq boshlig‘i K.I. sobiq bo‘lim boshlig‘i mansab mavqeyini suiste’mol qilib, MChJga ajratilgan 410 mln so‘mlik kredit mablag‘ining so‘ndirilmaganligini bila turib, filial boshqaruvchisining nomidan notarial idoraga jamiyat tomonidan kredit mablag‘lari muddatidan oldin qaytarilganligini to‘g‘risida xat bergan.

Buning natijasida band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etib, “O-N” MChJga ajratilgan 350 mln. so‘m kreditni o‘zlashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan, unga va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 233-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0