TOShKENT, 25 sen – Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 20 %dan 15 %ga tushirish haqida farmonni imzoladi. Bu haqida Xalq so‘zi xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, yangi soliq stavkasi 1-oktabrdan amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin bo‘lib o‘tgan tadbirkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda, prezident qo‘shimcha qiymat solig‘i miqdorini kamaytirish to‘g‘risida topshiriq bergan edi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Osiyoning rivojlanayotgan va MDHning qo‘shni davlatlariga qaraganda soliq bosimi yuqori. Buni Osiyo taraqqiyot banki va Jahon banki statistik ma’lumotlarida bir necha bor aks ettirilgan edi.
O‘zbekistonning yetakchi iqtisodchilaridan biri Yuliy Yusupovning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda tadbirkorlikni ildam rivojlantirish uchun soliqlar miqdorini sezilarli darjada kamaytirish kerak.