TOShKENT, 25 sen – Sputnik. O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 2019-yil 1-iyul holatiga 20,7 mlrd $ni tashkil qildi. Mamlakat tashqi qarzi yil boshidan 20%ga yoki 3,4 mlrd $ga oshgan.
Ushbu raqamlar Markaziy bankning 2019-yilning I yarim yili uchun to‘lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiyasi, shuningdek, tashqi qarz bo‘yicha ma’lumotlarida keltirilgan.
Qarzdorlikning o‘sishi asosan davlat sektoriga to‘g‘ri keldi (3,1 mlrd $), shundan 1 mlrd $ xalqaro obligatsiyalar hisobiga shakllangan.
Banklar va iqtisodiyotning boshqa sektor korxonalari tomonidan qarz olish hajmining oshishi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 330,3 mln $ga oshdi.
Xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 1 mlrd $ qarzdorlik jalb qilindi.
Qarzlarni jalb qilish asosan:
- banklar — 534,3 mln $;
- neft-gaz va energetika tashkilotlari — 206 mln $;
- to‘qimachilik sektori korxonalari — 40,7 mln $;
iqtisodiyotning boshqa sektorlari — 230,5 mln $ tomonidan amalga oshirildi.
To‘lovlar
Davlat tashqi qarzi bo‘yicha 203,4 mln $ miqdordagi asosiy qarz va 103,7 mln $ miqdordagi foiz to‘lovlari amalga oshirilgan.
Xususiy tashqi qarz to‘lovlari asosiy qarz bo‘yicha 706,6 mln $ va foiz to‘lovlari bo‘yicha 182,8 mln $ni tashkil qildi.
O‘zbekiston tashqi qarzi muntazam o‘sib bormoqda – bu yaxshimi yoki yomon?
Bunda, asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lovlarning eng katta qismini hanuzgacha neft-gaz va energetika sektori korxonalari hamda banklar amalga oshirmoqda.