Toshkentda jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi

© Sputnik / Tutov / Mediabankka o‘tishZaderjanniy prestupnik
Zaderjanniy prestupnik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu shaxslarning yashash manzillarida tintuv tergov harakatlari o‘tkazilib, jinoyat ishiga daxldor bo‘lgan ashyoviy dalillar olingan.

TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Toshkent shahrida xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilishni rejalashtirgan shaxslarning faoliyati fosh etildi.

IIV xabariga ko‘ra, 23-sentabr kuni IIV va DXX xodimlaridan iborat tergov-tezkor guruhi tomonidan Toshkent shahri hududida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida uch fuqaroning Suriya davlati hududidagi xalqaro terrorchilik tashkilotlarining safiga qo‘shilishni rejalashtirib kelganlikda gumon qilingan 8 nafar jinoiy sheriklari aniqlanib, ularning faoliyatiga chek qo‘yildi.

Boyeviki terroristicheskoy gruppirovki Islamskoe gosudarstvo (Zapreshena v RF) - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada ikki o‘zbekistonlikni Suriyaga jo‘natgan erkakka jazo tayinlandi

Ushbu shaxslarning yashash manzillarida tintuv tergov harakatlari o‘tkazilib, jinoyat ishiga daxldor bo‘lgan ashyoviy dalillar olingan. Olingan ashyoviy dalillar yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan.

“Fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimizni ogohlantirib, bu kabi qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib, ijtimoiy tarmoqlarning shubhali saytlaridagi da’vatlarga aldanib qolmasliklarini, jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallardan foydalanmasliklarini, saqlamasliklari va tarqatmasliklarini so‘raymiz”,  - deyiladi xabarda.

O‘zbekiston JKning 244.1-moddasi 1-qismi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan fuqarolar B.T., U.M. va J.A.larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0