OAV: Putin NATO mamlakatlari rahbarlariga maktub yo‘lladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Tursiyu
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin qator davlatlar, jumladan, NATOga a’zo mamlakatlar rahbarlariga maktub yo‘lladi.

TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin qator davlatlar, jumladan, NATOga a’zo mamlakatlar rahbarlariga maktub yo‘lladi. Bu haqda “Kommersant’” nashri hujjat mazmuni bilan tanish bo‘lgan manbasiga tayanib xabar qildi.

Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov AQShni kosmosga qurol olib chiqishdan ogohlantirdi

Putin o‘z maktubida Yevropa va boshqa mintaqalarga o‘rta va qisqa masofadaga uchuvchi raketalar (O‘QMR) joylashtirilishiga moratoriy joriy qilishni taklif qilgan.

Shuningdek, u maktubda Amerika tomoni raketa joylashtirmaguncha Rossiya ham bunday qilmasligini eslatib o‘tgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, shu kabi mazmundagi maktubni Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat mahkamasi rahbari Federika Mogerini va NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ham olgan.

Nashrining yozishicha, Rossiya ilgari ham NATOga shu kabi kelishuvlarni taklif qilgan, biroq alyans qiziqish bildirmagan.

O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma

Ushbu shartnoma Mixail Gorbachov va Ronald Reygan tomonidan 1987-yilning dekabrida imzolangan edi. 1991-yilning iyun oyiga kelib shartnoma bajarilgan: Sovet Ittifoqi 1846 dona, AQSh esa 846 dona raketa komplekslarini yo‘q qilgan. Biroq, AQSh yetakchisi Donald Tramp 2-fevraldan boshlab AQSh ushbu shartnomadan chiqishini e’lon qildi. Bunga javob Vladimir Putin O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma bajarilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi federal qonunga imzo chekdi.

Shartnoma avgust oyidan boshlab o‘z kuchini yo‘qotdi.

Yangiliklar lentasi
0