Kelin o‘g‘irlagan “shovvozlar” uzoq muddatga qamaldi

© IA "Novosti-Kazaxstan", Anatoliy UstinenkoRabota politsii Kazaxstana
Rabota politsii Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonning Jambil viloyatida qiz o‘g‘irlash operatsiyasida ishtirok etgan 4 nafar fuqaroga sud hukmi o‘qildi.

TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Qozog‘istonning Jambil viloyatida qiz o‘g‘irlashda ishtirok etgan 4 nafar fuqaroga sud hukmi o‘qildi. Ularning har biriga 7-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sputnik Qozog‘iston nashrining yozishicha, ular foydalangan avtomobil jinoyat vositasi sifatida musodara qilingan va davlat daromadiga o‘tkazilgan.

Svadba - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda 15 yoshli o‘smirlar turmush qurdi. To‘yga nima sabab bo‘ldi?

Qiz o‘g‘irlash amaliyoti

2018 yil kuz oyida bir yigit Jambil viloyatining Korday qishlog‘ida istiqomat qiluvchi qiz bilan tanishadi.

Yoshlar ijtimoiy tarmoqlar orqali yozishib turishadi. Yigit qizni kuch bilan olib qochishga va unga uylanishga ahd qiladi. U o‘zining tanishlari bilan oldindan maslahatlashib, qizni o‘g‘irlash uchun Korday tumaniga keladi.

Rejaga ko‘ra ular qizni “uchrashuvga chaqirib” o‘g‘irlashlari kerak bo‘ladi. Qiz telefon qo‘ng‘irog‘iga javob beradi, lekin uchrashishdan bosh tortadi.

O‘z niyatini amalga oshirishga ahd qilgan yigit tanishlari bilan qizni kuzata boshlaydi. Qiz ko‘chaga chiqqan payt uni kuch bilan mashinga o‘tqazib, olib qochishadi.

Mashina Turkiston viloyati tomon yo‘l oladi. Yo‘lda ularni politsiya xodimlari to‘xtatadi va ularning rejalari “pishmay” qoladi. Natijada ular qilmishlari uchun qonun oldi javob berishdi.

Yangiliklar lentasi
0