Fransuz kompaniyasi O‘zbekistonga energetik obyektlarni loyihalashda yordam beradi

© Sputnik / Masha Ross / Mediabankka o‘tishRabochie na rabotax po montaju elektricheskoy seti jeleznoy dorogi
Rabochie na rabotax po montaju elektricheskoy seti jeleznoy dorogi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Fransiya bilan hamkorlikda “Uzenergoengineering–Assystem” qo‘shma korxonasi tashkil qilinmoqda.

TOShKENT, 25 sen – Sputnik. O‘zbekistonda Fransiya bilan hamkorlikda “Uzenergoengineering–Assystem” qo‘shma korxonasi tashkil qilinmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Mazkur qo‘shma korxona innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda barcha turdagi elektr tarmoqlari va energetik obyektlarini loyihalash bilan shug‘ullanadi.

Bu haqidagi bitim 24-sentabr kuni O‘zbekiston Energetika vazirligida “Assystem Engineeringand Operation Services S.A.S.” kompaniyasi (Fransiya) vakillari bilan uchrashuvda imzolandi.

Gazoviy elektronniy schetchik - Sputnik O‘zbekiston
MIB elektr energiyasini yetkazib berishga doir yangi hujjat loyihasini tayyorladi

Qo‘shma korxona Fransiyaning hamkor kompaniyasi va “O‘zenergoinjiniring” AJ bilan birgalikda tashkil etiladi va u O‘zbekistonda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida faoliyat yuritadi.

“Uzenergoengineering–Assystem” qo‘shma korxonasining faoliyati barcha turdagi elektr tarmoqlari va energetik obyektlarini loyihalashda innovatsion texnologiyalar va zamonaviy fan yutuqlariga asoslanadi.

Bundan tashqari, joriy yilning may oyida tomonlar energetika sohasida o‘zaro manfaatli texnik hamkorlik maqsadida o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandumni imzolangan edi. Ushbu hujjat tomonlarning texnik hamkorlikning yangi shakllarini, shu jumladan, energetika sohasida loyihalarni ishlab chiqish va boshqarish kabilarni rag‘batlantirishga qaratilgani bilan katta ahamiyat kasb etadi.

Yangiliklar lentasi
0