Adliya vazirligi sport tashkilotlarini tanqid qildi

© NOKNatsionalniy olimpiyskiy komitet Uzbekistana
Natsionalniy olimpiyskiy komitet Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sportchilar turli noxush vaziyatlarga tushib qolayotgani uchun Adliya vazirligi Jismoniy tarbiya vazirligi va Olimpiya qo‘mitasini tanqid qildi.

TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Adliya vazirligida Jismoniy tarbiya vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda sport sohasida faoliyat yurituvchi NNT vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda sportchilar bilan bog‘liq noxush hodisalar hamda sport federatsiyalari tomonidan chet mamlakatlarga sportchi bo‘lmagan fuqarolarni olib ketib, ularni noqonuniy ravishda usha davlatlarga qoldirib kelish holatlari haqida so‘z yuritildi.

Sportsmeni olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etildi

Shuningdek, sportchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va ularning oqibatlari hamda ayrim sportchilarning ijtimoiy tarmoqlarda amalga oshirayotgan noqonuniy hatti-xarakatlari muammosi muhokama qilindi.

Undan tashqari, tadbir davomida sport federatsiyalari rahbarlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishib, mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni bildirishdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning 4-sentabrida Shavkat Mirziyoyev Respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, Olimpiada o‘yinlaridagi ishtirokini kuchaytirish, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish va boshqa masalalar bo‘yicha yo‘riqnomalalar bergan edi.  

Shuningdek prezident, sohaga mas’ul idoralar tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilmagani tanqid qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0