TOShKENT, 24 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi (YuNIATF) mukofoti topshirildi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati xabar qildi
Mirziyoyev yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashishdagi ulkan hissasi uchun mukofotlangan.
YuNIATFning 11-yig‘ilishida (2018 yil 8–9-noyabr, Jeneva) yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish va nazorat qilishda o‘zining salmoqli hissasini qo‘shayotgan shaxslar yutuqlarini tan olish va ommalashtirish maqsadida har yili maxsus mukofot ta’sis etishga qaror qilgan.