O‘zingdan chiqqan baloga: Uchquduqda sodir etilgan bosqinchilik fosh etildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Geologlar ko‘chasidagi xonadonga ikki nafar noma’lum shaxs o‘zlarini kommunal xizmati xodimlari deb aldab kirishgan. Xonadon egasining farzandi uyda yolg‘iz qolganidan foydalanib, uning qo‘llarini skotch bilan bog‘lashgan.

TOShKENT, 23 sen - Sputnik. Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida sodir etilgan bosqinchilik fosh etildi.

IIV xabariga ko‘ra, tumanning Geologlar ko‘chasidagi xonadonga ikki nafar noma’lum shaxs o‘zlarini kommunal xizmati xodimlari deb aldab kirishgan.  Jinoyatchilar ushbu xonadon egasining farzandi uyda yolg‘iz qolganidan foydalanib, uning qo‘llarini skotch bilan bog‘lashgan. So‘ngra xonadondan 26 mln. 500 ming so‘m pul hamda “Samsung J-4” rusumli mobil apparatini o‘g‘irlab ketishgan.

Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Urgutda YPX xodimi ayol kishini urib o‘ldirib qo‘ygani yolg‘on - IIV

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatini sodir etgan 1994-yilda tug‘ilgan F.F., 1993-yilda tug‘ilgan A.Sh. hamda jinoyat sodir etish uchun qulay sharoit va boshqa ma’lumotlar haqida xabar berib turgan, xonadon egasi bilan birga ishlovchi 1994-yilda tug‘ilgan E.F.lar qo‘lga olingan.

Gumon qilinuvchilarning yashash uylari tekshirilganda, ularning uylarida saqlanayotgan pullar, ikkita mobil apparati va jinoyat sodir etishda foydalaniladigan buyumlar daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 164-moddasi ("Bosqinchilik") 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0