TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Vadim Abramov O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda O‘FA xabar qilmoqda.
Vadim Abramovga murabbiylar shtabida Timur Kapadze yordam beradi. Shuningdek, o‘zbek futboli muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan avstraliyalik tajribali mutaxassis Mirko Yelichich futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bilan shug‘ullanadi. Darvozabonlar bilan esa Denis Ivankov ishlashda davom etadi.
© Futbolniy klub "Bunyodkor"Vadim Abramov O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Vadim Abramov O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
© Futbolniy klub "Bunyodkor"
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘rtadasidagi shartnoma o‘zaro kelishuvga asosan bekor qilingani xabar qilingan edi.