Zelenskiy korrupsiyaga qarshi kurashishning antiqa yo‘lini taklif qildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidenta Ukraini V. Zelenskogo s predstavitelyami biznesa v Kiyeve
Vstrecha prezidenta Ukraini V. Zelenskogo s predstavitelyami biznesa v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy fuqarolarga videomurojaat yo‘llab, mamlakatdagi poraxo‘rlikka barham berishning yangi yo‘lini taklif qildi.

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy fuqarolarga korrupsiyaga qarshi fleshmob o‘tkazishni taklif qildi. U feysbukdagi sahifasida videomurojaat joylab, birgalikda qonunbuzarlarga qarshi kurashga chorlagan.

Andrey Manoylo - Sputnik O‘zbekiston
Manoylo: Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi yaxshi ishlaydigan tizimni vujudga keltirdi

“Agar korrupsiyaga ko‘z yumsak, biz hech qachon uni yenga olmaymiz. Pora talab qilishaptimi? Turli yo‘llarni taklif qilishaptimi? Iltimos, jim turmang”, - degan Ukraina yetakchisi o‘z murojaatida.

U video olish yoki xeshteg qo‘yish shart emasligini ta’kidlagan. Shunchaki “ishonch raqamiga” qo‘ng‘iroq qilib, qonunbuzarlik haqida xabar qilishning o‘zi kifoya. Ushbu fleshmobda barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda korrupsiya qarshi kurashish maqsadida telegram ijtimoiy tarmog‘ida “@antikorbot” nomli maxsus bot yaratilgan. Adliya vazirligi va uning tizimidagi ta’lim muassasalarida noqonuniy ishlar, jumladan, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqida ushbu bot orqali xabar berish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0