Toshkentdagi masjidda o‘g‘rilik sodir etgan fuqaro qo‘lga olindi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarovmolitvenniy zal mecheti Sheyxa Muxammada Sadika Muxammada Yusufa
molitvenniy zal mecheti Sheyxa Muxammada Sadika Muxammada Yusufa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyatchi 18 yoshli fuqaro namozga kirganligidan foydalanib, unga tegishli bo‘lgan portfelni o‘g‘irlab ketgan.

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Toshkentdagi masjidda o‘g‘rilik  sodir etgan fuqaro qo‘lga olindi.

IIBB xabariga ko‘ra, 16-sentabr kuni “Cho‘lpon ota” masjidida 21 yoshli H.K. 18 yoshli J. R. namozga kirganligidan foydalanib, unga tegishli bo‘lgan va ichida shaxsiy buyumlar hamda 894.000 so‘m pul bo‘lgan portfelni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Ma’lum qilinishicha, u tez orada qo‘lga olingan.

Jinoyatchiga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlar olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0