“Toshkent-Chimon” avtomobil yo‘lida jarlikka qulagan avtobus bo‘yicha ma’lumot berildi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindiston davlatining 20 nafar turistlari bilan “Toshkent-Chimon” avtomobil yo‘lining 81 km.da yo‘lning o‘ng chetidagi avtotransportlar turargohida to‘xtagan.

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati Chimonda turistik avtobusning yo‘ldan chiqib ketishi hodisasi yuzasidan axborot berdi.

Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Sirdaryoda ag‘darilgan avtobusni Spark haydovchisi siqqan – YTH tafsilotlari

Xabarda yozilishicha, 22-sentabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududida soat taxminan 15:30 larda haydovchi U.A Toshkent shahar  ”EASY GO TRANS” MChJga tegishli bo‘lgan “GOLDEN DRAGON” rusumli, davlat raqam belgisi 01039 NEA bo‘lgan avtobusida Hindiston davlatining 20 nafar turistlari bilan “Toshkent-Chimon” avtomobil yo‘lining 81 km.da yo‘lning o‘ng chetidagi avtotransportlar turargohida to‘xtagan.

“O‘z navbatida, mazkur avtobus shu vaqtda haydovchisiz va yo‘lovchilarsiz bo‘lgan. Uzatmalar qutisi neytral holatda turgan vaqtida, o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alib ketishi natijasida haydovchisiz harakatlanib borib, taxminan 30-40 metrlar yurib, qatnov yo‘lining o‘ng tomonidagi pastlikka taxminan 10 metrlar tushib to‘xtab qolgan”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat natijasida hech kim tan jarohati olmagan. Faqat avtobus texnik shikastlangan bo‘lib, qisqa muddatlarda avtobusni chiqarish choralari ko‘rilgan.

Yangiliklar lentasi
0