Samarqand shahrida ham yo‘lkira narxi oshdi

© Sputnik / Yevgeniy Samarin / Mediabankka o‘tishSalon avtobusa
Salon avtobusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning tegishli qarori bilan Samarqand shahri avtobuslarida yo‘lkira narxi 200 so‘mga oshirildi. Avvalroq, 15-avgustdan boshlab Toshkent jamoat transportida ham yo‘lkira narxi 200 so‘mga oshgan edi.

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Samarqand shahrida jamoat transportida yo‘lkira narxi oshdi.

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning “Samarqand shahar yo‘lovchi tashish transportida yo‘lovchilar tashish tariflarini belgilash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

“Qarorga ko‘ra, Samarqand shahar yo‘lovchi tashish transporti (avtobus) xizmatlarining cheklangan tarifi 1400 so‘m miqdorida belgilandi (shu vaqtgacha yo‘lkira 1200 so‘m edi)”, - deyiladi Samarqand viloyati hokimligi xabarida.

17 avgust kuni Samarqand shahridagi 41 va 30-sonli avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilardan asossiz ravishda 1500 so‘m miqdorda yo‘lkira olinayotgani xabar qilingan edi. Keyinchalik o‘zboshimchalik bilan narxni oshirgan haydovchi kechirim so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15-avgustidan boshlab Toshkent jamoat transportida yo‘lkira narxi ham 200 so‘mga oshib, 1400 so‘mni tashkil qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0