TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin onkologik kasalliklarning tarqalishi butun insoniyat uchun chaqiriq ekanini ma’lum qildi.
Rossiya yetakchisi Ikkinchi xalqaro onkologiya va radiologiya forumida so‘zlagan nutqida xalqaro uyushmalarni bu kabi kasalliklarga qarshi kurashishda birlashishga chorlagan.
“Onkologik kasalliklarning tarqalishi - hozirda bu butun insoniyat uchun chaqiriq”, - deya qayd etgan Vladimir Putin.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya xorijiy davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor va ilg‘or onkologik yordamni yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
Saratonning asosiy belgilari ma’lum qilindi
Onkologik kasalliklar bugungi kunda butun dunyoda inson salomatligiga jiddiy ta’sir etayotgan dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammolardan hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, bunday kasalliklarga chalinish ko‘rsatkichi yildan-yilga o‘sib bormoqda.
O‘zbekistonda ayollar onkologik kasallikka qarshi emlanadi
Dunyoda har yili 16 millionga yaqin birlamchi saraton holati aniqlanadi. Jumladan, O‘zbekistonda ham 100 mingdan ortiq bemor onkologik kasalliklar bo‘yicha hisobda turadi. Onkologik kasalliklar ichida sut bezi saratoni yetakchi o‘rin egallaydi, keyingi o‘rinlarni me’da, bachadon bo‘yni va o‘pka saratoni qayd etiladi.