TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Rossiyaning "Tatneft" kompaniyasi Toshkentning gavjum tumanlaridan birida o‘zining birinchi avtomobillarga yonilg‘i quyish shaxobchasini ochdi va u yerda yuqori oktanli AI-100 benzinini sotishni boshladi deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Bu kompaniyaning O‘zbekistonda birinchi va dunyoda ikkinchi yetakchi AYoQShi bo‘ladi. Bu yerda O‘zbekistonda ilk bor yuqori oktanli AI-100 benzini savdoga chiqariladi”, - dedi yonilg‘i quyish shaxobchasi ochilish marosimida O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov.
Shuningdek Toshkentda ochilgan yangi shaxobchada AI-95, AI-92, AI-80 markali benzinlari va dizel yonilg‘isi sotiladi.
Biroz oldin Toshkent shahar hokimligi 2020-yil oxiriga qadar O‘zbekistonda 22ta “Tatneft” yonilg‘i quyish shaxobchalari paydo bo‘ladi, deb xabar bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Tatneft” O‘zbekiston yonilg‘i bozoriga kirib kelgan uchinchi kompaniya bo‘ldi. 2018-yil yanvarida Toshkentda “Gazprom” yonilg‘i quyish shaxobchasi, mart oyida esa “Lukoyl” AYoQShi ochilgan edi.