Ekspert: O‘zbekistonning "Markaz-2019"dagi ishtiroki - ODKB sari qadamdir

© Sputnik AbxaziyaPolitolog Aleksandr Perendjiyev
Politolog Aleksandr Perendjiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti siyosatshunoslik va jamiyatshunoslik kafedrasi dotsenti, harbiy siyosatshunos Aleksandr Perenjiyev O‘zbekistonning "Markaz-2019"dagi ishtiroki qay tarzda uni ODKB bilan yaqinlashtirishi haqida so‘zladi

O‘zbekiston 2012-yildan buyon KXShT (ODKB) tarkibiga kirmaydi, biroq a’zo-mamlakatlar bilan hamkorlikni ikkiqolama asosda davom ettirib kelmoqda. Toshkentga tashrifi doirasida RF Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin o‘zbek deputatlariga ODKB assambleyasi Parlamentida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishni taklif qildi.

Ucheniya ODKB v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
ODKB-2019 o‘quv mashg‘ulotlari Markaziy Osiyo xavfsizligini ta’minlashga qaratiladi - Putin

Respublika ODKBga qaysi maqomda integrallashadi va bunga "Markaz-2019"dagi harbiy o‘quvlar qanday yordam beradi, harbiy siyosatshunos Aleksandr Perenjiyev Sputnik radiosi efirida so‘zlab berdi.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘quvlar yangi texnikani o‘rganib olish va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mashq qilib olish imkonini beradi.

O‘quv mashg‘ulotlarining eng yorqin voqealaridan biri - O‘zbekiston ishtirokidir, sababi, respublika uzoq vaqt davomida bu kabi tadbirlarda ishtirok etishdan yiroq bo‘lgan. Ekspertlarning aksariyati, O‘zbekiston ODKB ishtirokchisi emas, balki sherigi bo‘ladigan birinchi davlat bo‘lishini prognoz qilishmoqda. Bunday maqom ODKB a’zosi bo‘lishni istamaydigan, biroq tashkilot bilan hamkorlik qilishni istaydigan mamlakatlar uchun tashkil etilishi mumkin.

Voyenniy politolog: uchastie Uzbekistana v "Sentr-2019" - shag v ODKB
Yangiliklar lentasi
0