Ravon brendi Rossiya bozoriga qaytdi

© Press-slujba UzavtosanoatPrezentatsiya RAVON na rossiyskom rinke
Prezentatsiya RAVON na rossiyskom rinke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mashinalar sotuvi shu oyning o‘zida rasmiy dilerlik markazlarida qayta tiklanadi, dilerlik tarmog‘i esa ancha kengaytiriladi

TOShKENT, 21 sen - Sputnik. Ravon brendi Rossiya bozoriga qaytdi. 2019-yilda kompaniya Rossiyada 7-8 ming dona avtomobillarni sotmoqchi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Moskovskiy mejdunarodniy avtomobilniy salon-2016. Den patiy - Sputnik O‘zbekiston
Ravon Rossiyada muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun nima qilish kerak - ekspert fikri

"Ravon Rossiya bozoriga hammabop, yaxshi tanilgan uchta model bilan qaytmoqda – bular "RAVON R4", "RAVON R2" va "RAVON Nexia R3" avtomobillaridir", - deyiladi xabarda.

Mashinalar sotuvi shu oyning o‘zida rasmiy dilerlik markazlarida qayta tiklanadi, dilerlik tarmog‘i esa, ancha kengaytiriladi.

"O‘zavtomotors" AJ boshqaruvchi direktori Aleksandr Saxapov "Izvestiya" nashriga bergan intervyusida brend Rossiyada avtomobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘yish ustida ishlar olib borayotgani haqida gapirib o‘tgan.

© Press-slujba UzavtosanoatPrezentatsiya RAVON na rossiyskom rinke
Ravon brendi Rossiya bozoriga qaytdi - Sputnik O‘zbekiston
Prezentatsiya RAVON na rossiyskom rinke

Ta’kidlanishicha, bu boradagi muzokaralar juda faol bosqichda va yil yakuniga qadar bu borada ommaga e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, Ravon 2022-yilga qadar yangi sakkizta model taqdimotini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0