"Grin kart" lotereyasini to‘ldirish qoidalariga qanday o‘zgartirish kiritildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Nyu-York
Goroda mira. Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Grin karta lotereyasida ishtirok etmoqchi bo‘lganlardan xorijga chiqish pasporti talab qilinmoqda, deydi huquqshunos

TOShKENT, 21 sen - Sputnik. AQShdagi o‘zbekistonlik huquqshunos Dilshod Zokirov bu yil Grin karta lotereyasi ishtirokchilari e’tibor qaratishlari lozim bo‘lgan bitta muhim o‘zgarishni ta’kidlab o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Goroda mira. Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston
AQSh migrantlarga grin-karta berish talabini keskinlashtirmoqchi

"Bu yilgi eng katta muhim o‘zgarish - bu arizachining ism-familiyasi va tug‘ilgan kuni qatoriga amal qilish muddati o‘tib ketmagan xorijga chiqish pasportidagi seriya raqami kiritilishidir. Yo‘riqnomada tushuntirilishicha bu turli xil firibgarlik yo‘llari bilan bir shaxs ma’lumotlarining bir martadan ko‘p kiritilishining oldini oladi. Qo‘shimcha ravishda yo‘riqnomada anketa to‘ldirish mutlaqo bepul ekanligi va shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga bermaslik tavsiya qilingan. Shuningdek, fuqaro xorijga chiqish pasporti ma’lumotlarini kiritgandan keyin aynan o‘sha pasport nusxasini olib qo‘yishi, kelajakda boshqa pasport olganligi yoki pasport yo‘qolgan taqdirda olingan pasport nusxasi bilan suhbat davomida konsulga tushuntirish berishi mumkinligi ta’kidlangan", - deya izoh berdi huquqshunos.

"Grin-kart" 2019-yilning 2-oktabridan 4-noyabrigacha o‘ynaladi. Yangi qoidalarga ko‘ra, endi shaxsiy ma’lumotlarni to‘ldirishda pasport seriya raqami ham kiritilishi shart qilib belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0