TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Toshkentda avtoustaxona xodimi do‘pposlandi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 10-sentabr kuni Bektemir tumanida joylashgan transport vositalari ustaxonasida Qibray tumanida yashovchi 27 yoshli X.J. va avtoustaxonaning 25 yoshli ishchisi B.A. o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.
Natijada B.A.ga tan shikastlari yetkazildi. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, B.A.ga o‘rta og‘irlikdagi tan shikastlari yetgan.
Ushbu fakt asosida O‘zbekiston JKning 277-moddasi (“Bezorilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.