Toshkent davlat yuridik universitetiga yangi rektor tayinlandi

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rahim Hakimov prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining o‘rinbosari – Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi.

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Rahim Hakimov Rasuljonovich prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining o‘rinbosari – Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi.

Rahim Hakimov 1983-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2003-yilda Namangan davlat universitetini, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. Yuridik fanlari doktori.

Hakimov o‘z mehnat faoliyatini 2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti Yig‘ma axborot-tahlil guruhi yetakchi ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan.

2017 yil dekabr oyidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining direktori, 2018-yil iyul oyidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining raisi lavozimlarida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Yesemurat Kanyazov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari – Toshkent davlat yuridik universitetining rektori lavozimidan ozod etilgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0