Moskvada “O‘zbek filmlari haftaligi” bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Artem Jitenev / Mediabankka o‘tishZriteli na pokaze v kinoteatre
Zriteli na pokaze v kinoteatre - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva shahrida “O‘zbek kinosi kunlari” o‘tkaziladi. Unda “Kinoshok” festivalida bosh sovringa sazovor bo‘lgan “Issiq non” filmi ham namoyish etiladi.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Moskva shahridagi kinomatografchilar uyida 1—5 oktabr kunlari “O‘zbek kinosi kunlari” o‘tkaziladi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi xabar qildi.

Tadbir Rossiya madaniyat vazirligi, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi, “O‘zbekkino”, “Festsinema” va “Dom kino” tomonidan tashkillashtirilmoqda. Filmlar namoyishiga kirish bepul bo‘ladi. 

“O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar  ancha yillar oldin boshlangan. Bugungi kunga kelib, ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar va  do‘stlik rishtalari tobora mustahkamlanib bormoqda. Barcha sohalarda, ayniqsa, madaniyat va san’at sohasida hamkorligimiz izchil rivojlanmoqda”, - deyiladi xabarda.

© "Uzbekkino"Nedelya uzbekskix filmov proydet v Moskve v oktabre.
Moskvada “O‘zbek filmlari haftaligi” bo‘lib o‘tadi - Sputnik O‘zbekiston
Nedelya uzbekskix filmov proydet v Moskve v oktabre.

Haftalik davomida 14 ta o‘zbek filmi, jumladan, 4 ta hujjatli film namoyish qilinadi. Shuningdek, "Kinoshok” festivalida bosh sovrin – “Oltin novda”ga sazovor bo‘lgan “Issiq non” filmi ham namoyish etiladi.

Yangiliklar lentasi
0