Maqsadimiz umumiy - O‘zbekistonni jahon chempionatiga olib chiqish! Sputnik muxbiri Odil Ahmedov futbol maktabi bosh menedjeri Nodirxo‘ja Yo‘ldoshev bilan suhbat qildi.
Biz bu loyihani 4-yil odin boshladik. Ungacha bu joylash tashlandiq edi. O‘tgan vaqti ichidan biz Toshkentda ham filial ochdik. Lekin u yerda raqobat kuchli, Paxtakor, Bunyodkor, Lokomotiv, Spartak va boshqa jamoalar bor, - deydi bosh menedjer.
Shuningdek, Samarqand, Buxoro, Quqon va Farg‘onada ham filiallarimiz bor. U yerda 5 yoshda 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tayyorlashadi. Ulardan eng yaxshilari esa Namangandagi futbol akademiyasi o‘qishni davom ettirishadi.
Ayni damda biz Italiyaning "Karpi" klubi bilan shartnoma asosida ishlamoqdamiz. Ular bizga nafaqat franshiza, balkim metodika va mutaxassilar yuborishi hamda bir yirda bir marotaba bizning 4 nafar o‘quvchilarimizni ko‘rikdan o‘tkazishidir, deydi Nodirxo‘ja Yo‘ldoshev.
Akademiya bosh menedjeri aytishiga qaraganda, ularning tarbiyachilari 16-17 yoshga to‘lgach ular chet el klublariga bepul yuborishga ham tayyor, chunki ushbu yoshda pul ishlashdan ko‘ra tajriba orttirish muhimroqdir. Pulni 3-4 yildan keyin ishlasa ham bo‘ladi.