Ipoteka hamma uchun emas: kredit olishda yosh chegarasi belgilandi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishNovoselye
Novoselye - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ipoteka krediti olishda yuqori yosh chegarasi belgilandi.

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Ipoteka krediti 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston fuqarolariga beriladi.

Molodaya semya gulyayet v parke na Dne nezavisimosti respubliki - Sputnik O‘zbekiston
Faol yosh oilalar imtiyozli uy-joyga ega bo‘ladilar

O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan hukumat qaroriga ko‘ra, endilikda yakka tartibda va qishloq joylarda namunaviy qurilgan arzon uy-joylar uchun ipoteka kreditlari 2-yillik (2020 yil 1-yanvardan 1-yillik) imtiyozli davr bilan 20-yil (hozirgacha 6 oylik imtiyozli davr bilan 15-yilgacha) muddatga beriladi.

Shuningdek, o‘lchami 0,02 ga bo‘lgan yerda joylashgan bir qavatli 3 xonali arzon uylar va 4 qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar arzon uy-joy hisoblanadi.

Ipoteka krediti miqdori arzon uy-joy qiymatining 90 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0