TOShKENT, 19 sen – Sputnik. FIFA jahon terma jamoalarining sentabr oyi uchun yangi reytingini e’lon qildi.
Yangilangan reytingda O‘zbekiston terma jamoasi 4 pog‘ona pastladi. Endilikda O‘zbekiston 1272 ochko bilan 88-o‘rinni egallab turibdi.
O‘zbekiston terma jamoasi JCh–2022 saralash bosqichi doirasida Falastinga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston mavqeyiga ta’sir ko‘rsatgan.
Terma jamoa Osiyo jamoalari orasida 12–o‘ringa tushib ketdi. Osiyo qit’asida Eron (23–o‘rin) yetakchi terma jamoa bo‘lib turibdi. Yaponiya (31) va Janubiy Koreya (37) kuchli uchlikka kiritilgan.
🇧🇪 Belgium stay No1 🔝
— FIFA.com (@FIFAcom) 19 sentabrya 2019 g.
🇽🇰 Kosovo reach highest ever position 📈
🇬🇩 Grenada biggest climbers 💪
Latest #FIFARanking 👇
Jahon reytingidagi yetakchilikni Belgiya milliy jamoasi 1752 ochko bilan qo‘ldan boy bermasdan kelmoqda. Birinchi uchlikka Fransiya (1725 ochko) va Braziliya (1719 ochko) kiritilgan. Angliya milliy jamoasi o‘z mavqeyini yo‘qotmasdan, 4-pog‘onani egallab turibdi. Portugaliya terma jamoasi nufuzli beshinchi o‘rinni egallab turibdi.