Dog‘istonda yosh jangarining qo‘lga olinishi – maxsus amaliyotdan lavha

Obuna bo‘lish
Kecha “Islom davlati” terrorchilik uyushmasining 19 yoshli a’zosi maxfiy joydan juda kuchli portlash qurilmasini olishga urinayotgan paytda qo‘lga olindi.

Avvalroq Dog‘istonda Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati xodimlari respublika hududida terakt hujumini uyushtirmoqchi bo‘lgan “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasi a’zosini qo‘lga olgani haqida xabar bergan edik.

FXX xizmati 2000-yilda tug‘ilgan jangarining qo‘lga olish amaliyoti tasvirga olingan videoni namoyish etdi.

O‘zi olib ketayotgan paketda nima borligi bilish yoki bilmasligi haqida savolga u portlovchi modda bor deb javob qaytargan. Uning so‘zlariga ko‘ra, nima qilish kerakligi unga Suriyadan turib yozib turishgan.

Aniqlik kiritilishicha, terrorchi huquqni muhofaza qilish organlari va mahalliy hokimiyat xodimlariga nisbatan teraktni amalga oshirishni rejalashtirgan.

*Rossiyada taqiqlangan tashkilot

Yangiliklar lentasi
0