TOShKENT, 19 sen – Sputnik. 2019-yilning 19-sentabridan 25-noyabriga qadar poytaxtning Chilonzor tumanidagi Gavhar ko‘chasining bir qismi, ya’ni “Olmazor” metro bekati ro‘parasidagi yo‘l qisman yopiladi.
Toshkent shahar hokimligining ma’lum qilishicha, harakat cheklanishi sababi metropolitenning Sergeli yo‘nalishi qurilishidir.
Avtotransport vositalari harakati aylanma yul orqali amalga oshiriladi.
Shahar hokimligi keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.