O‘zbekistonlik migrantlar uchun migratsiya amnistiyasi bo‘ladimi?

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishInostrannie rabochie vo vremya proverki dokumentov v xode reyda FMS
Inostrannie rabochie vo vremya proverki dokumentov v xode reyda FMS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinovning ma’lum qilishicha, ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston va Rossiyaning alohida ishchi komissiyasi ish olib bormoqda. Ishchi guruhga ikki davlat mehnat vazirlari rahbarlik qilmoqda.

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov Sputnik O‘zbekiston muxbirining O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida migratsiya afvi masalasi hal qilinmoqdami, degan savoliga javob berdi.

Erkin Muhitdinovning ma’lum qilishicha, ushbu yo‘nalishda birgalikdagi alohida ishchi komissiyasi ish olib bormoqda. Ishchi guruhga ikki davlat mehnat vazirlari rahbarlik qilmoqda.

Zaderjannie migranti vo vremya reyda politsii - Sputnik O‘zbekiston
Putin Qirg‘iziston fuqarolari uchun "migratsiya amnistiyasi" muddatini uzaytirdi

“Bu masalani o‘tgan yilning noyabr oyidan buyon ko‘tarib kelmoqdamiz. Ishchi komissiyaning ikki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Har bir yig‘ilishda migratsiya amnistiyasi masalasini ko‘taramiz. Hozircha rossiyalik hamkasblarimiz bu masala yuzasidan javob berishmadi. Ular buni ko‘rib chiqishmoqda. Barchasi Rossiya IIV nazoratida. Joriy yilning noyabr oyida Buxoro shahrida ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Biz bu masalani birinchilardan bo‘lib ko‘taramiz,” – dedi Erkin Muhitdinov

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin O‘zbekiston Oliy majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan o‘zbekistonlik migrantlar masalasini muhokama qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0