Primorye o‘lkasida migrantlarga jamoat transportlarini boshqarish rasman taqiqlandi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishUchastniki vserossiyskoy aksii boykota Yandeks.Taksi
Uchastniki vserossiyskoy aksii boykota Yandeks.Taksi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Primorye o‘lkasida migrantlarga jamoat transportlarini haydash taqiqlanadi. Ilgari o‘lkada patent olgan 300 ziyod migrantlar ishsiz qoladi.

TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Rossiyaning Primorye o‘lkasida migrantlarga jamoat transportlani haydash taqiqlandi. Bu haqda o‘lka matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Tegishli buyruqqa Primorye o‘lkasi rahbari Oleg Kojemako imzo chekkan. Hujjat keyingi yildan qonuniy kuchga kiradi.

“2020 yildan Primorye o‘lkasi hududida transport sohasida patent asosida ishlaydigan chet el ishchilari mehnatidan foydalanish taqiqlanadi”, - deyilgan xabarda.

Rabota taksi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Haydovchi-migrantlar Rossiya qonunchiligida talabchanlik kuchayishiga tayyor bo‘lishlari kerak

Xususan, migrantlarga shahar va shahar atrofida avtobus, tramvay, trolleybus va taksi haydash taqiqlanadi.

Shu bilan birga ijaraga olingan turistik va ekskursiya yo‘nalishlarida ishlaydigan avtobuslarda haydovchi bo‘lib ishlab taqiqlanmaydi.  

Qayd etilishicha, mazkur cheklov ilgari o‘lkada patent olgan 300 ziyod migrantlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni to‘lamaganlar Rossiyaga kiritilmaydi

Xabarda mazkur chora o‘lkada mehnat bozorini yaxshilash va Rossiya fuqarolaring ishga joylashishda ustuvorligini ta’minlashga qaratilgani qo‘shimcha qilingan.

Avvalroq Sputnik Rossiya deputatlari 2019-yilda yo‘lovchi tashuvchi to‘g‘risidagi qonunga chet el fuqarolariga Rossiyada taksi haydovchisi bo‘lib ishlashni taqiqlovchi o‘zgartirishlarni kiritishni rejalashtirishayotgani xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0