TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Samarqandning Paxtachi tumanida o‘zboshimchalik bilan oltin qaziyotgan uch kishini tosh bosib qoldi.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, davlat zaxirasida bo‘lgan “Qoraqo‘ton” tog‘ hududidagi shaxtada oltin moddasini o‘zboshimchalik bilan qazish ishlarini olib borayotganlarida tog‘ toshi bosib qolishi natijasida 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 1 nafar fuqaro esa tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda