TOShKENT, 18 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 17-sentabrdagi 4457-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga Ahadbek Haydarov Yahobekovich va Abdimuxtor Ergashev Ergashevich tayinlandi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar qildi.
Ahadbek Haydarov 2013-2016 yillarda Markaziy bank raisining o‘rinbosari, 2016-2016 yillarda O‘zmilliybank boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari; 2016-2017 yy. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik – tijorat banki Boshqaruvi raisi sifatida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, u 2017-2017 yilarda O‘zbekiston Moliya vaziri o‘rinbosari, 2017-2019 yy. O‘zbekiston Moliya vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
2019-2019 yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori bo‘lgan.
Abdimuxtor Ergashev 2010-2017 yillarda Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari ahborot-tahlil departamenti qishloq xo‘jaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish sho‘’basi fermerlikni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi, 2017-2018 yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimlarida ishlab kelgan.
2018-2019 yillarda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.