Minchenko: O‘zbekistonning KXShTga qaytishiga deyarli to‘siq qolmadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishYevgeniy Minchenko
Yevgeniy Minchenko  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RF Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin Toshkentga tashrifi chog‘ida o‘zbek parlamentariylarini Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti parlament assambleyasi yig‘ilishlariga kuzatuvchi sifatida taklif qildi.

O‘zbekiston 2012-yil 28-iyunda tashkilotdagi a’zoligini rasman to‘xtatib qo‘ygan, lekin a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirmoqda. Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin Toshkentga tashrifi chog‘ida o‘zbek deputatlariga KXShT PAga kuzatuvchi sifatida ishtirok etishni taklif qildi.

Siyosatshunos Yevgeniy Minchenkoning fikriga ko‘ra, respublikani KXShTga qaytishiga ta’sir qiluvchi omillar mavjud, masalan, ko‘pvektorli siyosat yo‘li. Biroq hozir ularning ta’siri minimallashtirilgan.

O‘zbekiston ODKBga qaytadimi – harbiy ekspert fikri

“KXShT doirasidagi asosiy muammolardan biri Qozog‘iston bilan keskin munosabatlar edi. Ammo Islom Karimov vafoti hamda Nursulton Nazarboyev vakolatlarini topshirgandan so‘ng ikki tomonlama munosabatlardagi emotsional omil  o‘rtadan ko‘tarildi. Mirziyoyev va Tokayevning muloqot qilishda salbiy bekraundi yo‘q – yetakchilar hammasini oq qog‘ozdan boshlashlari mumkin”, - deya tushuntirdi Minchenko.

Shuningdek, u siyosiy o‘zgarishlar to‘lqinida O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibiga kirishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Siyosatchining to‘liq izohini Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Minchenko: s prixodom Mirziyoyeva net prepatstviy dlya vozvrasheniya Uzbekistana v ODKB
Yangiliklar lentasi
0