O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov va Tojikiston Xavfsizlik kengashi kotibi Mahmadali Vatanzoda ekstremistlik va terrorchilik faoliyatiga qarshi birgalikda harakat qilish sohasidagi hamkorlikning amaliy mexanizmlarini takomillashtirish, chegaraviy xavfsizlikni ta’minlash va umumiy davlat chegaralarida iqtisodiy manfaatlarni muhofaza qilish masalalari ko‘rib chiqishdi.
O‘zbekiston va Tojikiston IIV hamkorlikni kuchaytiradi
Ikki tomonlama maslahatlashuv yakunlariga ko‘ra, ikki davlat Xavfsizlik kengashi apparati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi protokol imzolandi.
“Mazkur bitim, shubhasiz, Tojikiston hukumatiga qo‘l keladi, chunki O‘zbekiston har tomonlama: ham armiya, ham maxsus xizmati ishlari, va albatta, terrorizmga qarshi kurashishda ham juda kuchli mamlakat sanaladi”, - dedi Igor Nikolaychuk Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, memorandum imzolananishi mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni saqlashga yordam beradi.
“Rossiya ham o‘zini xotirjam va xavfsizroq his qiladi”, - deya ta’kidladi Nikolaychuk.
Ekspertning to‘liq fikrlarini Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.