Dog‘istonda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan jangari qo‘lga olindi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishSotrudnik FSB
Sotrudnik FSB - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Islom davlati” terrorchilik uyushmasining 19 yoshli a’zosi maxfiy joydan juda kuchli portlash qurilmasini olishga urinayotgan paytda qo‘lga olingan.

TOShKENT, 18 sen - Sputnik. Dog‘istonda Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati xodimlari respublika hududida terakt hujumini uyushtirmoqchi bo‘lgan “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasi a’zosini qo‘lga oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Dvoe podozrevayemix v sponsirovanii IG zaderjani v Moskve i Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada “Islom davlati” tashkilotining ikki nafar homiysi qo‘lga olindi - video

Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxs 2000-yilda tug‘ilgan va Rossiya fuqarosi.

Jangari Dog‘istonning Tarumov tumanidagi o‘rmon massivida yashirib qo‘yilgan juda kuchli qo‘lbola portlash qurilmasini olishga urinayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Aniqlik kiritilishicha, terrorchi huquqni muhofaza qilish organlari va mahalliy hokimiyat xodimlariga nisbatan teraktni amalga oshirishni rejalashtirgan.

*Rossiyada taqiqlangan tashkilot

Yangiliklar lentasi
0