Chegaradagi skelet: O‘zbekistonda Akbulakda muzlab qolgan kishining shaxsi aniqlandi

© AP Photo / Bebeto MatthewsVzatie analiza dlya provedeniya DNK-testa
Vzatie analiza dlya provedeniya DNK-testa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bahor oyida Rossiyaning Orenburg viloyati Akbulak qishlog‘ida erkak kishining jasadi qoldiqlari topilgan edi. Uning shaxsi DNK ekspertizasidan keyin aniqlandi.

TOShKENT, 18 sen - Sputnik. O‘zbekistonda Qozog‘iston va Rossiya chegarasi yaqinida topilgan jasad qoldiqlari kimga tegishli ekani aniqlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Joriy yilning aprel oyida Qozog‘iston va Rossiya chegarasi yaqinida joylashgan Orenburg viloyatida odam skeleti topilgan. Shuningdek, voqea joyidan qo‘lqop, etik, telefon va 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi nomiga berilgan pasport ham topilgan.

Taxmin qilinishicha, Sardor Norboyev qish faslida Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tishga urinib, muzlab qolgan. 

“Skelet darhol sud-tibbiy ekspertizasiga jo‘natildi. DNKni solishtirib ko‘rish uchun bizning juda ko‘p vaqtimiz ketdi, chunki tekshirish Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan. Fond hisobidan jasad qoldiqlarini O‘zbekistonga keltirdik va dafn etishlari uchun yaqinlariga topshirdik”, - dedi Tashqi migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari Baxtiyor Tursunov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tekshirish ishlari davom etmoqda, fojianing sabablari hozircha e’lon qilinmagan. Hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun O‘zbekiston Qozog‘iston IIV hisobotini kutmoqda.

Yangiliklar lentasi
0