TOShKENT, 17 sen - Sputnik. Yapon dengizida Shimoliy Koreya shxunasi (kichikroq yelkanli kema) Rossiya chegarachilariga hujum qildi. Bu haqda Rossiya FXX xabar qildi.
Xabar qilinishicha, Kito-Yamato sayozlik joyida Primorsk chegarachilari Shimoliy Koreyaning brakonyerlik bilan shug‘ullanadigan ikkitasi kemasi va 11 ta motobotlarini aniqlashgan.
“Bir kema 21 nafar ekipaj a’zolari bilan qo‘lga olindi. Ikkinchi Shimoliy Koreya kemasining ekipaji (ichida 45 nafardan ziyod kishi bo‘lgan) chegara kemasining tekshiruv guruhi a’zolariga qurolli hujumni amalga oshirdi”, - deyiladi xabarda.
Hujum oqibatida uch nafar rossiyalik harbiy jarohat olgan.