“Sho‘xlik va jahl”: Urgutda o‘qituvchi o‘quvchini nega urganiga izoh berildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishNachalo uchebnogo goda v Moskve
Nachalo uchebnogo goda v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur holat bo‘yicha maktabning ikki o‘qituvchisiga nisbatan surishtiruv ishlari olib boriladi va O‘zbekiston qonunchiligi doirasida chora ko‘riladi.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan Urgut tumanidagi 27-umumta’lim  maktabidagi hodisa yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning 13-sentabr kuni soat 16-25 lar atrofida, 7-“V” sinfida matematika darsi vaqtida sodir etilgan. O‘quvchi J.M. darsga e’tibor qaratmay, sinfdoshlari bilan sho‘xlik qilgan hamda o‘qituvchiga gap qaytargan.

Matematika fani o‘qituvchisi Z.A. o‘quvchi J.M.ni o‘qituvchilar xonasiga olib borish vaqtida o‘quvchi qiz o‘qituvchiga gap qaytargan. O‘qituvchi jahl ustida o‘quvchini urgan.

Pustoy klass - Sputnik O‘zbekiston
XTV: “O‘qituvchi o‘quvchini bir necha bor turtgan, lekin urmagan”

Bundan tashqari, ushbu maktabning matematika fani o‘qituvchisi M.O. yo‘lakdagi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi nizoga aralashmasdan loqaydlik qilgan.

"Mazkur holat bo‘yicha ikkala o‘qituvchiga nisbatan surishtiruv ishlari olib boriladi va O‘zbekiston qonunchiligi doirasida chora ko‘riladi", - deyiladi xabarda.

Xabarda maktab rahbariyati pedagoglar bilan yig‘ilish o‘tkazashishi va bunday holat takrorlanmasligi uchun  tushuntirish ishlarini olib borilishi qayd etilgan.

Darsga e’tiborli bo‘lmagani va dars jarayoniga xalaqit bergani, o‘qituvchiga gap qaytargani uchun o‘quvchi J.M.ga chora ko‘rish maqsadida mazkur holat Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0