Paxtachida ayol MIB xodimini tayoq bilan kaltakladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya zapolnyayet protokol
Sotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya zapolnyayet protokol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MIB xodimlari xususiy korxonaga o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanib olganligi holatini tekshirishga borishgan.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Samarqandning Paxtachi tumanidada fuqaro MIB xodimini tayoq bilan kaltakladi.

Sotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya obxodit doljnikov - Sputnik O‘zbekiston
MIB xodimiga yana hujum qilindi

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, 13-sentabr kuni MIB Paxtachi tuman bo‘limi xodimlari Hunarmand mahallasida joylashgan xususiy korxonaga o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanib olganligi holatini tekshirish maqsadida borgan vaqtda N.R. (1991 y.t, ayol) MIB xodimlarining faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, ularni haqorat qilib, tayoq bilan B.U.ni tanasining turli qismlariga urgan. Shuningdek, F.X.ning qo‘lidan dalolatnomani tortib olib, ularni yirtib, yoqib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan N.R. ga nisbatan JKning 140-moddasi 3-qismi “a” bandi, 219-moddasi 2-qismi va 227-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0