TOShKENT, 14 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurib Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shavkat Mirziyoyev uy-joylar qurilishiga oid loyihalarni qayta ko‘rib chiqish, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik reja qilish zarurligini ta’kidladi.
- Avvalo, qayerda qiyinchilik borligini o‘rganish, odamlarning fikrini olish kerak, - dedi Prezident. - Aholi qachon qaysi hududda qurilish bo‘lishini bilsin. Uy-joy bilan ish o‘rinlari mutanosib bo‘lishi zarur. Farg‘onaliklarning hunarmandchilik an’analari, hudud imkoniyatlarini inobatga olib, charm-poyabzal, chinni, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va boshqa turdagi korxonalar tashkil etish mumkin, - dedi prezident.
Shuningdek Shavkat Mirziyoyev “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurib u yerda investitsiyalar jalb o‘tish bo‘yicha loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Xususan, Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlariga kelayotgan 3-yilda xalqaro moliya institutlarining 1 milliard 354 million dollarlik imtiyozli kreditlari yo‘naltirish rejalashtirilgan. Bu mablag‘ uchta yo‘nalishda – sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish, infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish hamda ko‘p qavatli uy-joylar qurish sohalarida o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.