Senat shoshilinch yalpi majlis chaqirdi

Obuna bo‘lish
Bugun chaqirilgan Senat shoshilinch majlisida, O‘zbekistonning Turkiy tilli mamlakatlar kengashiga a’zoligiga doir masalalar ko‘rib chiqilishi mumkin.

TOShKENT, 14 sen – Sputnik. Bugun O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining yalpi majlis ochiladi. Bu haqida Senat matbuot xizmati 13-sentabrda e’lon qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi 2019-yil 14-sentabr kuni soat 15.00 da Toshkent shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislar zalida ochiladi”, - deyilgan xabarda.

Senatda qanday masalalar ko‘rib chiqishi xabada aytilmagan. Mahalliy OAVlar xabariga ko‘ra, ehtimol, ushbu shoshilinch majlis chaqilishishiga sabab O‘zbekiston Turkiy tilli mamlakatlar kengashiga a’zolik uchun ariza bergani sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 13-sentabr kuni O‘zbekiston turkiy tilli davlatlar kengashiga a’zolik uchun kerakli hujjatlarni taqdim etgan edi. Bugungi kunda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya kengash a’zolari hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0