Ko‘rgazma yaxshi chiqibdi - Rossiya elchisi Qo‘qondagi hunarmandlar ko‘rgazmasi haqida

© IA "JAXON"Chrezvichayniy i Polnomochniy Posol Rossiyskoy Federatsii v Uzbekistane Vladimir Turdenev
Chrezvichayniy i Polnomochniy Posol Rossiyskoy Federatsii v Uzbekistane Vladimir Turdenev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya elchisining fikriga ko‘ra Sharq taronalari festivali, Qo‘qondagi hunarmandlar ko‘rgazmasi - xalqni birlashtirish uchun xizmat qiladi.

TOShKENT, 14 sen – Sputnik. Bugun Qo‘qonda bo‘lib o‘tayotgan hunarmandlar ko‘rgazmasida Sputnik muxbiri Rossiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Turdenev bilan suhbat qildi.

Ushbu ko‘rgazmada nafaqat O‘zbekiston, balkim xorijiy mamlkatlardan hunarmandlar ishtirok etayotganini ko‘rdim. Xususan, Rossiya hunarmandlari ham 4ta stend bilan ishtirok etishmoqda. Ular orasida qadimiy rus kiyim-boshlari, zargarlik uslubida tikilgan shinellar va Gjel chinnilari stendlarini ko‘rdim. Gjel stendida ustalar chinni idishlariga tomoshabinlar ko‘z o‘ngida ishlov berishmoqda, - deydi elchi. 

Menimcha, ko‘rgazma yaxshi chiqibdi, ham milliy hunarlar ham ishtirokchilar tarkibi bo‘yicha”, - dedi Turdenev.

Elchining fikriga ko‘ra, har bir millat o‘z tarixni yaxshi bilishi kerak. Yaqinda Termizda bo‘lib o‘tgan Oks Iskandariyasini e’lon qilish, Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Sharq Taronalari” musiqiy festivali va bugungi Qo‘qonda bo‘lib o‘tayotgan tadbirlar – xalqni birlashtirish uchun xizmat qiladi. “Bu prezidentning o‘z vaqtida amalga oshirilgan muhim tashabbusidir”, - dedi Rossiya elchisi.  

Yangiliklar lentasi
0