2019 yilning 10-15 sentabr kunlari Qo‘qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tmoqda. Unda 1116 nafar hunarmand, jumladan, 191 nafar xorijliklar ishtirok etmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.
Xudoyorxon o‘rdasi festivalning asosiy maydoniga aylangan.
Kelajakda Hunarmandchilik festivali har ikki yilda bir marta bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Festival Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi ishtirokida tashkil qilinadi.
Ushbu festivalning asosiy maqsadi - o‘zbek xalqining tarixi va madaniy hayotini keng yoritish, o‘zbek milliy hunarmandchiligini namoyish qilish, madaniy-gumanitar aloqalarni xalqaro miqyosda kuchaytirish, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan hunarmandchilik maktablarini saqlash va qayta tiklashdir.
Festivalnng eng sara va yorqin suratlari - Sputnik O‘zbekiston fotojamlanmasida.
V ramkax meropriyatiya proshel daje parad remeslennikov.
V ramkax meropriyatiya proshel daje parad remeslennikov.