Turkiyadagi restoranda ofitsiant-robotlar paydo bo‘ldi

© AFP 2023 / PRAKASH MATHEMARobot v restorane
Robot v restorane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Istanbuldagi restoranda mijozlarga ofitsiant-robotlar xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bundan avval aeroportda robot-maslahatchilar ish boshlagan edi.

TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Istanbulning Atakoy tumanidagi restoranlaridan birida mijozlarga ofitsiant-robotlar xizmat qilmoqda.

Robot Fedor. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Odamsifat “Fodor” roboti boshqa kosmosga uchmaydi: hozir yangi robot tayyorlanmoqda

Bu haqda RIA Novosti'ga restoran direktori Mujaxit Kushman ma’lum qildi.

“Birinchi marta robotlarni ishga tushirish haqida taklifni mijozimiz - professor taklif qildi. Buni biz amalga oshirdik. Robotlarni o‘zimiz brendi va unga mualliflik huquqini rasmiylashtirdik. Hozir bizda uchta robot bor. Ularni xorijda buyurtma qildik, turkiyalik muhandislar esa ularni dasturlashdi”, - deydi suhbatdosh.

Uning so‘zlariga ko‘ra, robotlar restoranga ko‘plab mijozlarni jalb qilmoqda.

Robotlar kerakli stolga borish va gaplashishni biladi. Texnologiyalar rivojlanishi bilan kelajakda ofitsiant kasbiga talab keskin kamayadi.

Avgust oyida Istanbul aeroportida robot-maslahatchilar tajriba tarzida ish boshlagan edi.

Robotlar yo‘lovchilarga aeroportda yordam berish uchun mo‘ljallangan, ular chiptadan matnni o‘qish, parvoz ma’lumotlari haqida savollarga turk va ingliz tillarida javob berishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0