Toshkent-Andijon yo‘lovchi poyezdining to‘xtab qolishiga izoh berildi

© © Sputnik / Stas EtveshSkorostnoy poyezd "Afrosiab" na vokzale v gorode Samarkand
Skorostnoy poyezd Afrosiab na vokzale v gorode Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
13 sentabr kuni "Toshkent – Andijon" yo‘nalishida harakatlanayotgan №60-sonli yo‘lovchi poyezdi Angren vokzalida 50 daqiqa to‘xtab qolgan.

TOShKENT, 13 sen – Sputnik. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Toshkent - Andijon yo‘lovchi poyezdining to‘xtab qolishiga izoh berdi.

Kompaniya matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, 13-sentabr kuni soat 09:25 da tashqi elektr tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik tufayli ushbu yo‘nalishida harakatlanayotgan №60-sonli yo‘lovchi poyezdi Angren vokzalida 50 daqiqa to‘xtab qolgan.

“Ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli, yuzaga kelgan nosozlik bartaraf qilinib, temir yo‘lga yetkazib berilayotgan energiya ta’minoti tiklandi”, - deyiladi xabarda.

Ayni daqiqada elektropoyezdlarning muntazam harakati yo‘lga qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0