Aynan shu topshiriq sovet davrida dong‘i butun SSSRga doston bo‘lgan afsonaviy "Tashigrushka", ya’ni "Toshkent o‘yinchoqlar zavodi"ning qayta "tirilishiga" sabab bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, shu kechayu-kunduzda zavodda ishlab chiqarilayotgan o‘yinchoqlar butun respublikadagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berilgan.
"NBU Investment" MChJ bilan birgalikda tashabbuskor-investorlar bilan hamkorlikda bugungi kunda bu yerda 5ta loyiha amalga oshirilmoqda. "Toys City", "O‘yinchoqlar Fabrikasi", "Funny Kids World", "National Products" va "United Nation company" va boshqa korxonalar bu yerda bolalar uchun kiyim-kechak, o‘yinchoqlar va turli predmetlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.
Sputnik O‘zbekiston muxbiri "Hokim bilan bir kun" loyihasi doirasida Olmazorda bo‘lib, o‘yinchoqlar zavodining bugungi kuni bilan tanishdi.